Kamilla Rakhimova saralashning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi
O‘zbekiston vakili saralashning birinchi bosqichida ukrainalik Dayana Yastremskani 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
photo: gettyimages
Kamilla Rakhimova saralashning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.
Avvalroq Polina Kudermetovaning saralashning ikkinchi bosqichiga chiqqani haqida xabar bergan edik. Endi BNB Ningbo Open turnirida Kamilla Rakhimova ham shu natijani qayd etdi.
O‘zbekiston vakili saralashning birinchi bosqichida ukrainalik Dayana Yastremskani 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Yastremskaning faoliyatidagi eng yaxshi natijasi — 2024-yilgi Australian Open turnirining yarim finaliga chiqish.
Ningbo shahrida o‘tkazilayotgan BNB Ningbo Open — qattiq kortlarda bo‘lib o‘tadigan WTA 500 turniri.