locale OZ

Nodirbek Abdusattorov London turnirini g‘alaba bilan boshladi

Masters guruhida 10 nafar grossmeyster to‘qqiz tur davomida bahs olib boradi.
Boshqa sport turlari
Nodirbek Abdusattorov London turnirini g‘alaba bilan boshladi
Фото: UzChess

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Londonda o‘tkazilayotgan London Chess turnirining dastlabki turida g‘alaba qozondi.

Musobaqaning amaldagi chempioni oq donalarda angliyalik Shreyas Royalga qarshi bahs olib bordi. Inglizcha debyut bilan boshlangan partiya 43-yurishda hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi turda Endi Vudvord ham g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan uchta partiyada durang qayd etildi. Abdusattorov va Vudvord bir ochkodan jamg‘arib, peshqadamlikni qo‘lga oldi.

Masters guruhida 10 nafar grossmeyster to‘qqiz tur davomida bahs olib boradi.

Ikkinchi turda Abdusattorov angliyalik Maykl Adamsga qarshi qora donalarda o‘ynaydi. Tur bahslari bugun, 26-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting