locale OZ

«Manchester Yunayted»ning yangi egasi saudiyalik investorlar bo‘lishi mumkin

«Qizil iblislar» Angliya chempionati turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
«Manchester Yunayted»ning yangi egasi saudiyalik investorlar bo‘lishi mumkin
Фото: Getty Images

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi egasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda indykaila News nashri xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mustaqil kompaniya «Manchester Yunayted»ni to‘liq sotib olish bo‘yicha yuqori martabali amaldorlar bilan muzokara olib bormoqda.

Shu bilan birga, ushbu kompaniya «Nyukasl» klubiga egalik qiluvchi Saudiya Arabistoni Suveren fondi bilan bog‘liq emasligi ta’kidlanmoqda.

Joriy mavsumda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi. Manchesterliklar 11 ta uchrashuvda atigi 8 ochko jamg‘argan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting