locale OZ

Opta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lish uchun da'vogarlar reytingini yangiladi

"Arsenal" klubi musobaqaning asosiy favoriti bo'lib turibdi.
Futbol
Opta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lish uchun da'vogarlar reytingini yangiladi
Фото: Getty Images

Opta tahliliy portali Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turidan keyin jamoalarning bosh sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.

Superkompyuter talqiniga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi musobaqaning asosiy favoriti bo'lib turibdi. "Kanonirlar"ning o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida g'olib chiqish ehtimoli 18,6 foizga baholandi.
"Bavariya" ikkinchi, "Barselona" esa uchinchi o'rinni egalladi. Besh turda maksimal ochko jamg'argan "Real" beshinchi pog'onadan joy oldi.

Chempionlar ligasida g'olib chiqish ehtimoli bo'yicha kuchli o'nlik:

"Arsenal" — 18,6%
"Bavariya" — 16,29%
"Barselona" — 12,58%
"PSJ" — 12,37%
"Real" — 10,69%
"Manchester Siti" — 6,77%
"Liverpul" — 6,31%
"Inter" — 3,37%
"Borussiya" D — 2,33%
"Komo" — 2,23%

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining so'nggi ikki mavsumida Fransiyaning "PSJ" klubi bosh sovrinni qo'lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting