locale OZ

YChL. «PSJ» Parijda «Roma» bilan durang qayd etdi

O‘yinda jami 4 ta gol urildi.
Futbol
YChL. «PSJ» Parijda «Roma» bilan durang qayd etdi
Фото: Getty Images

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida Fransiyaning "PSJ" klubi o‘z maydonida Italiyaning "Roma" jamoasini qabul qildi. "Park de Prens" stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Rimliklar 5-daqiqada Mario Ermosoning goli evaziga hisobni ochdi. 31-daqiqada Ilya Zabarnıy muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda Usmon Dembele penaltidan foydalanib, parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 78-daqiqada Vitinyaning o‘z jarima maydonchasida qo‘l bilan o‘ynagani uchun belgilangan penaltini Doniell Malen aniq amalga oshirdi.

Chempionlar ligasi. 5-tur

"PSJ" — "Roma" — 2:2

Gollar: Ermoso (5), Zabarnıy (31), Dembele (62, penalti), Malen (78, penalti).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting