Javohir Sindarov jahon toji uchun bahsdan qancha daromad qiladi?
Shveysariyaning Jeneva shahrida Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju o‘rtasida kechayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi bahsining umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lum qilgan.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, grossmeysterlar har bir g‘alabali klassik partiya uchun 200 ming dollardan mukofot oladi. Qolgan mablag‘ esa ikki shaxmatchi o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Shunga ko‘ra, Sindarovning jahon chempioniga aylangan taqdirda oladigan pul mukofoti quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Bitta g‘alaba farqi bilan — 1,35 million dollar;
Ikkita g‘alaba farqi bilan — 1,45 million dollar;
Uchta g‘alaba farqi bilan — 1,55 million dollar;
To‘rtta g‘alaba farqi bilan — 1,65 million dollar.
Agar jahon chempioni tay-breyk orqali aniqlansa, g‘olib 1,3 million dollar, mag‘lub esa 1,2 million dollar oladi. Hozirgi natijalardan kelib chiqib, hamyurtimizning yakuniy mukofoti 550 ming dollardan 1,95 million dollargacha yetishi mumkin.
Ma’lumot uchun, har ikki grossmeyster bahs boshlanishidan bir oy avval 200 ming dollardan avans olgan. Ushbu mablag‘ yakuniy mukofot pulidan chegirib qolinadi.