Maktominay «Napoli»dan qancha maosh so‘rayotgani ma’lum
Tomonlar moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentiis shotlandiyalik yarim himoyachi Scott Maktominay bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolash niyatida.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, neapolliklar rahbari futbolchining o‘yinini yuqori baholaydi va unga yiliga 6,5 million yevro maosh taklif qilmoqda. Ayni paytda Kevin De Bryuyne ham klubda shuncha maosh oladi.
Biroq Maktominayning vakillari futbolchining yillik maoshi 10 million yevro bo‘lishini talab qilmoqda, deb xabar berdi CalcioNapoli1926 nashri.
Tomonlar moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.