locale OZ

«PSJ» Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Uilyamsning Bilbao klubi bilan mehnat shartnomasi esa 2035-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
«PSJ» Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«PSJ» Bilbaoning «Atletik» jamoasi vingeri Niko Uilyamsni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Pablo Oliveyra xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, parijliklar jarohat olgan Desire Due va Xvicha Kvaratsxeliyaning o‘rnini to‘ldirish maqsadida yangi futbolchi izlamoqda. Ispaniyalik futbolchi esa jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqilayotgan nomzodlardan biri hisoblanadi.

Qayd etilishicha, 24 yoshli futbolchining «Atletik» bilan amaldagi shartnomasida tovon puli 90 million yevro etib belgilangan. Uilyamsning Bilbao klubi bilan mehnat shartnomasi esa 2035-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting