locale OZ

Rossiya kubogi. «Rubin» penaltilar seriyasida «Rodina»ni mag‘lub etdi

Qozonliklar safida Jahongir O‘rozov maydonda to‘liq harakat qildi.
Futbol
Rossiya kubogi. «Rubin» penaltilar seriyasida «Rodina»ni mag‘lub etdi
photo: gettyimages
Rossiya kubogi
25.11.2026, Yak.
Rubin Qozon
1
Rodina
1

Rossiya Kubogining guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan «Rubin» va «Rodina» jamoalari o‘rtasidagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida «Rodina» hujumchisi Artyom Maksimenko hisobni ochdi. 69-daqiqada esa «Rubin» forvardi Eddi Salsedo muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, «Rubin» olti turdan so‘ng olti ochko jamg‘argan holda A guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Qozonliklar musobaqada ishtirokini Rossiya Kubogining Regionlar yo‘lida davom ettiradi.

To‘rt ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan «Rodina» esa Rossiya Kubogidagi ishtirokini yakunladi.

Bu bahsda qozonliklar safida Jahongir O‘rozov maydonda to‘liq harakat qildi.

Rossiya kubogi. 6-tur
Rubin – Rodina 1:1 (penaltilar seriyasi: 3:0)
Gollar:
Salsedo 69 – Maksimenko 38.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting