De Ligt A Seriyaga qaytishi mumkin
Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.
Boshqa sport turlari
Фото: Getty Images
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Matteys de Ligt Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, niderlandiyalik futbolchining holatini «Inter» diqqat bilan kuzatmoqda. «Qizil iblislar» 27 yoshli himoyachi bilan xayrlashish ehtimolini istisno etmayapti. Klub uni ijaraga berishga ham, to‘liq transfer orqali sotishga ham tayyor. Angliya jamoasi futbolchining qiymatini taxminan 30 million yevro deb baholamoqda.
Matteys de Ligt yaqinda og‘ir jarohatidan tiklandi. U joriy mavsumda bor-yo‘g‘i uchta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.