APL. «Liverpul» 10 kishi bo‘lib qolgan «MYU»ni tor-mor etdi
Angliya Premer-ligasi 11-turining markaziy o‘yinida «Liverpul» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. Unda mersisaydliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Soboslai, Virts, Ngumoa va Munos gollarga mualliflik qildi. Mehmonlar 8-daqiqada maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi.
Bu g‘alabadan so‘ng mersisaydliklar ochkolari sonini 21 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «MYU» esa 8 ochko bilan 19-pog‘onada.
Liverpul — MYU 4:0
Gollar: Soboslai 10, Virts 13, Ngumoa 66, Munos 82
Liverpul: Alisson, van Deyk, Arauxo (Gomes, 86), Barkolya (Munos, 72), Isak (Kumas, 86), Jake, Kerkez, Makallister (Nioni, 72), Ngumoa (Frimpong, 82), Soboslai, Virs.
MYU: Lammens, Kunya (Zirkzeye, 46), Dalot, de Ligt, Dorgu (Mazraui, 65), Fernandesh, Maynu (Andrey Santos, 87), Martines, Mbeumo (Maguayr, 22), Tilemans (Mount, 65), Yoro.
Ogohlantirish: Barkolya 62.
Chetlatish: Yoro 8.