locale OZ

Pochettino MYUda qishki transferlar uchun katta mablag‘ga ega bo‘lmasligi mumkin

Jamoa APL turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Pochettino MYUda qishki transferlar uchun katta mablag‘ga ega bo‘lmasligi mumkin
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Mauricio Pochettino qishki transfer oynasida qimmatbaho futbolchilarni jamoaga jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi mumkin.

Jurnalist Kris Uilerning xabar berishicha, «qizil iblislar» rahbariyati yanvar oyida tarkibni kuchaytirish uchun 60 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratmaslikni rejalashtirmoqda.

Agar jamoaning Premer-ligadan tushib ketish xavfi jiddiylashsa, klub rahbariyati tavakkal qilishi mumkin. Biroq bunday vaziyatda ham moliyaviy cheklovlarga qat’iy amal qilishga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya chempionatining 11-turidan keyin atigi 8 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 19-pog‘onasidan joy olgan.

Pochettino qo‘l ostidagi ilk uchrashuvda mankunianliklar «Liverpul»ga qarshi bahsda 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting