locale OZ

Zabihillo O‘rinboyev: “G‘alabali seriyamizni davom ettirish niyatidamiz”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zabihillo O‘rinboyev: “G‘alabali seriyamizni davom ettirish niyatidamiz”
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
25.05.2025, Yak.
Navbahor Namangan
3
Qo'qon-1912
0

O‘zbekiston Superligasi 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 30 yoshli tajribali hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:


Garchi bo‘lajak raqibimiz ikki yillik tanaffusdan so‘ng, Superligaga qaytgan bo‘lsada, joriy mavsum o‘yinlarini yaxshi o‘tkazib, yetakchi jamoalarga munosib qarshilik ko‘rsatmoqda.


Bundan tashqari, mazkur uchrashuv “vodiy derbisi” maqomiga ega. Derbi bellashuvlari esa barchaga ma'lum, doimo shiddatli, tomoshabop, keskin kurashlarga boy tarzda kechadi. Albatta, bo‘lajak uchrashuv ham bundan mustasno bo‘lmaydi.


Jamoamiz so‘nggi o‘yinlarda ijobiy natijalarni qayd etib, muxlislarni xursand etmoqda. Ushbu uchrashuvda ham zafar quchib, g‘alabali seriyamizni davom ettirish, ishqibozlarga quvonch ulashishni niyat qilganmiz.


Bo‘lajak o‘yinda muxlislarni stadionda kutamiz va Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, birgalikda bayram qilamiz", - dedi Zabihillo O‘rinboyev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting