locale OZ

YEKL. Behruz Karimov maydonga tushgan bahsda «Lugano» mehmonda «Xetafe»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Futbol
YEKL. Behruz Karimov maydonga tushgan bahsda «Lugano» mehmonda «Xetafe»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
photo: gettyimages
Konferensiyalar ligasi
22.10.2026, Yak.
Xetafe
2
FC Lugano
5

Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Lugano» klubi safarda «Xetafe»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

Bahsning 2-daqiqasida Ivan Ason mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq «Lugano» Albian Ayetining dubli va Yanis Siminyanining goli evaziga tanaffusga 3:1 hisobidagi ustunlik bilan yo'l oldi.

Ikkinçi bo‘limda Uran Bislimi mehmonlarning 4-golini kiritdi. «Xetafe» safida Borxa Mayoral hisobni qisqartirgan bo'lsa, Kevin Berens yakuniy natijani o‘rnatdi — 5:2.

Uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Bu g‘alabadan so‘ng shveysariyaliklar 6 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Konferensiyalar ligasi. 2-tur
Xetafe – Lugano 2:5
Gollar:
Ason 2, Mayoral 74 – Ayeti 3, 26, Siminyani 7, Bislimi 50, Berens 90+2

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting