Xurshid G‘iyosov faoliyatida ilk bor xet-trik qayd etdi
ФОТО: FC OKMK
O‘zbekiston Superligasi
03.05.2025, Yak.
ОКМК
4
Andijon
3
Superliganing 8-turida OKMK klubi o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qilib, 4:3 hisobida g‘alabaga erishdi.
Mazkur bahsda mezbonlar safida Xurshid G‘iyosov uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2014 yildan buyon Superligada o‘ynab kelayotgan futbolchi faoliyatida birinchi marta xet-trik qayd etdi. Bu xet-trik 2025 yilgi Superliga uchun ham dastlabkisi bo‘ldi.
Futbolchi 6 ta gol bilan to‘purarlik poygasida yakka peshqadamga aylandi.
Ma’lumot uchun, G‘iyosov O‘zbekiston chempionatida bugun o‘zining 217-uchrashuvini o‘tkazdi va gollari sonini 61 taga yetkazdi.
- Ham o‘qing: "Bunyodkor" 2025 yilda ilk bor mag‘lub bo‘ldi
Farhod Fayziyev
Ekspert