locale OZ

\"Bunyodkor\" 2025 yilda ilk bor mag'lub bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bunyodkor" 2025 yilda ilk bor mag'lub bo'ldi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
02.05.2025, Yak.
Bunyodkor
1
Qo'qon-1912
2

Superliganing 8-turida Toshkentning "Bunyodkor" klubi o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qildi va 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Mazkur mag'lubiyat "qaldirg'ochlar" uchun 2025 yildagi birinchi mag'lubiyatga aylandi.

Ilyos Zeytullaev boshchiligidagi jamoa hattoki mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlarida ham yutqazmagan edi (5 g'alaba va 4 durang).

Superligada 7 ta o'yinning 4 tasida g'alaba va 3 tasida durang qayd etgan "Bunyodkor" O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi ikkita bahsda 2 ta g'alabani qo'lga kiritdi.

Agar bunga o'tgan yil oxiridagi uchta mag'lubiyatsiz o'yinni qo'shsak, "Qo'qon-1912" "Bunyodkor"ning jami 21 ta uchrashuvdan buyon davom etayotgan mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting