Superliga. OKMK dahshatli kambek amalga oshirib, “Andijon”ni taslim etdi
O'zbekiston Superligasi 8-turidan o'rin olgan OKMK - “Andijon” o'rtasidagi bahs o'z yakuniga yetdi va dahshatli o'yin 4:3 hisobida olmaliqliklar foydasiga hal bo'ldi.
Dastlab, hisob 16-daqiqada Xurshid G'iyosov tomonidan ochildi (1:0). 19-daqiqada Bektemir Abdumannonov muvozanatni tikladi (1:1).
39-daqiqada Altin Kryeziu andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa (1:2), 42-daqiqada Sardorbek Azimov hisobni 3:1 ko'rinishiga olib keldi.
Asosiy vaqt tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida “Andijon” darvozasi tomon penalti belgilandi va Xurshid G'iyosov nuqtada adashmadi (2:3). Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Oybek Rustamov va Xurshid G'iyosov gol urib, OKMK'ning g'alabasini ta'minladi (4:3).
Shu tariqa, bir kishi kam bo'lib harakat qilgan OKMK yakunda kambek amalga oshirdi.
O'zbekiston Superligasi | 8-tur
OKMK 4:3 “Andijon”
Gollar: Xurshid G’iyosov, 16' (1:0), Bektemir Abdumannonov, 19' (1:1), Altin Kryeziu, 39' (1:2), Sardorbek Azimov, 42' (1:3), Xurshid G’iyosov, 87' pen (2:3), Oybek Rustamov, 90+4' (3:3), Xurshid G’iyosov, 90+7' pen (4:3).
Chetlatish: Ali Abdurahmonov, 60' (OKMK).