locale OZ

OKMK asosiy darvozaboni nega maydonga tushmagani, o‘rinbosarining xatolari va kambek haqida

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOТО: championat.asia
O‘zbekiston Superligasi
03.05.2025, Yak.
ОКМК
4
Andijon
3

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan OKMK - "Andijon" uchrashuvida 4:3 hisobi qayd etildi. Ushbu o‘yinda mezbonlar asosiy darvozaboni Javohir Ilyosov maydonga tushmadi. Sports24.uz posbon bilan suhbatlashdi.

- Javohir, bugun qaydnomaga ham kiritilmadingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Kichik jarohatim bezovta qilgani uchun murabbiylar dam berishdi. Aks holda jarohat jiddiylashib ketishi mumkin edi.

- O‘rinbosaringiz Dilshod Yoqubov birinchi taymda qo‘pol xatolar qildi...

- Dilshod uchun bu Superligadagi debyut o‘yin edi. Hayajon bo‘lgani tabiiy. Husanov ham APLdagi debyutini xatolar bilan boshlaganida jamoadoshlari dalda berishgandi. Biz ham Yoqubovni qo‘llab-quvvatladik.

- Ikkinchi taymda superkambek bo‘ldi. 10 kishi bo‘lib, 2 to‘p farqini yo‘qqa chiqarishga ishonganmidiz?

- Tribunadan o‘yinni tomosha qilish maydonga tushib futbol o‘ynashdan qiyin ekan. Menimcha, bugungidek o‘yin yaqin 10 yillarda O‘zbekiston chempionatida bo‘lmagan.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting