Mirjalol Qosimov: \"Yoshligimda bunday xato darvozabonniki deb o'rgatishgan\"
Olmaliq shahrida bo'lib o'tgan superliga 8 turining super uchrashuvidan keyin “konchilar” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirdi:
""Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. "Andijon" muxlislariga ham rahmat. Ajoyib muhit ostida o'tgan asabiy o'yin bo'ldi. Shogirdlarimga ham rahmat aytaman.
Bugun mag'lub bo'lgan taqdirda ham futbolchilarni urushish niyatim yo'q edi. Futbolda bunday uchrashuvlar bo'lib turadi. Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. To'p nazorati ham bizda edi va G'iyosov gol urdi. Futbolda mana shunday qiziqarli voqeiyliklar uchrab turadi. Butun jamoa Dilshod Yoqubovni qo'llab-quvvatlashdi va yanada ko'proq harakat qilishdi.
Birinchi golda biroz hayajon kuzatilgandek. Ikkinchi golni esa barcha ko'rdi. Uchinchi gol ham tushunarli. Yaqin burchak gol o'tkazib yuborilsa, bu darvozabonning xatosi deya futbol o'rgatishgan men yosh vaqtlarimda. Shunga qaramay, jamoa o'zida kuch topa oldi. Yigitlar borini berib o'ynashdi. "Andijon"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman",-deydi mutaxassis