locale OZ

Vadim Abramov: \"Futbolchilarimizni ruhan tayyorlay olmagandekmiz\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vadim Abramov: "Futbolchilarimizni ruhan tayyorlay olmagandekmiz"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
17.05.2025, Yak.
Buxoro
2
Dinamo Samarqand
2

“Buxoro” - “Dinamo” (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

“Ob-havoga yarasha o‘yin bo‘ldi. Muxlislardan uzr so‘rayman. Ular shunaqa noqulay ob-havoga qaramay Samarqanddan Toshkentga kelib, stadionda qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bugun maydonda juda yomon ko‘rindik. "Buxoro”ni bugungi o‘yinda qo‘lga kiritgan bir ochkosi bilan tabriklayman. Jamoam o‘yini borasida esa yigitlarga e'tirozlarim bor.

O‘yinni tashkil etish borasida noto‘g‘ri o‘ynadik. Ular deyarli hujum qilmayotgan, pressing ham qila olmayotgandi, bunday paytda ular faqat standart vaziyatlarni ko‘zlashgandi. Ikkinchi bo‘limda kutilmaganda boshlangan chang to‘zonli havo ham ta'sir qilgan bo‘lishi mumkin. Futbolchilarimizni bu raqibga qarshi ruhan tayyorlay olmagandekmiz. “Buxoro”ning so‘nggi o‘yinlaridagi yirik mag‘lubiyati futbolchilarimizga ta'sir qilgan bo‘lishi mumkin. O‘yin oldi mashg‘ulotda ham yigitlar xotirjamlikka berilgandek ko‘rinishdi. Bugun yutish shart edi, ammo durang qayd etdik. O‘yinni tahlil qilamiz va keyingi o‘yinga tayyorlanamiz",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting