locale OZ

Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» «Beshiktosh»ga yutqazdi, Eldor 75 daqiqa o‘ynadi

Abbos esa qatorasiga ikkinchi bahsda zaxirada qoldirildi.
Futbol
Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» «Beshiktosh»ga yutqazdi, Eldor 75 daqiqa o‘ynadi
photo: gettyimages
Turkiya Superligasi
26.10.2026, Yak.
Besiktas
2
Istanbul Bashakshahar
0

Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» «Beshiktosh»ga yutqazdi, Eldor 75 daqiqa o‘ynadi

Abbos esa qatorasiga ikkinchi bahsda zaxirada qoldirildi.

Turkiya chempionatining 9-turida «Bashakshehir» safarda «Beshiktosh»ga imkoniyatni boy berdi.

Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibdan o‘rin olib, 75 daqiqada harakat qildi. Yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev esa qatorasiga ikkinchi o‘yinda zaxirada qoldirildi.

«Beshiktosh» ochkolarini 18 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Bashakshehir» esa 11 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.

Turkiya Superligasi. 9-tur
Beshiktosh — Bashakshehir 2:0
26 oktyabr, «Tupras Stadium»
Gollar: Oh Hyon Gyu (76), Olaytan (89).
Beshiktosh — Nyubel, Murillo, Agbadu, Topchu, Yilmaz, Ndidi (Oh Hyon Gyu, 65), Cherniy (Poku, 58), Olaytan, O‘zjan, Trossar, Vlahovich.
Bashakshehir — Shengezer, Karbovnik, Bayram, Ba (Gureler, 46), Xarebashvili, Kemen, Gunesh (Zelke, 78), Olsen, Sari (Brnich, 60), SHOMURODOV (Yildirim, 75), Bozok (Kalujinski, 46).
Ogohlantirishlar: Ba (37), Karbovnik (59), Trossar (61).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting