locale OZ

Superliga. «Qo‘qon-1912» va «Dinamo» durang o‘ynadi

Superliganing 20-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qildi.
Superliga. «Qo‘qon-1912» va «Dinamo» durang o‘ynadi
photo: Dinamo fk
O‘zbekiston Superligasi
05.09.2026, Yak.
Qo'qon-1912
1
Dinamo Samarqand
1

Superliganing 20-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qildi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

43-daqiqada Silvanus Nimeli Egor Kondratyukning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 51-daqiqada Artyom Radayev Tigran Avanesyanning uzatmasidan foydalanib, muvozanatni tikladi.

Qolgan daqiqalarda boshqa gollar urilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ushbu natijadan so‘ng samarqandliklar 27 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi. «Qo‘qon-1912» esa ochkolarini 20 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi.

Superliga. 20-tur
Qo‘qon-1912 — Dinamo 1:1
Gollar:
Nimeli 43, Radayev 51.

Qo‘qon-1912: Davronov, Yoqubov, Salimov, Sidiqov, Gvazva, Nimeli (O‘ktamov, 89), Yo‘ldoshev, Akramov (Tabatadze, 89), Malikjonov, Kondratyuk (Sohibjonov, 46), Xasanov (Gadoyev, 73).

Dinamo: Nemanov, Radayev, Shtefan, Amonov (Abdusalomov, 81), Dumbuya, Jeparov (Xaydarevich, 66), Avanesyan (Xudayberdiyev, 66), Jumaboev, Stanoevich, Haydarov (Abdullayev, 66), Oblaqulov (Nasimov, 81).

Ogohlantirishlar: Stanoevich 12, Haydarov 35.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting