Superliga. «Qo‘qon-1912» o'z uyida «Surxon»ga mag'lub bo'ldi
Superliga 15-turida «Qo‘qon-1912» jamoasi o‘z maydonida «Surxon»ni qabul qildi. Bellashuv 1:0 hisobida termizliklarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Yagona gol 51-daqiqada Richard Fraydey hisobiga yozildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Surxon» ochkolari sonini 18 taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 11 ochko bilan 15-pog‘onada.
Superliga. 15-tur
Qo‘qon-1912 – Curxon 0:1
Gol: Richard Fraydey 51
Qo‘qon-1912 – Rahimjon Davronov, Asliddin Toshtemirov, Alisher Salimov, Javohir Sidiqov, Shota Gvazava, Silvanus Nimeli, Ibrohim Yo‘ldoshev, Shahzod Akramov, Iqbol Malikjonov (Muhammadanas Hasanov, 59), G‘ulomhaydar Gulyamov (Shohruh Gadoyev, 59), Yegor Kondratyuk (Javohir Husanov , 46).
Surxon – Davron Merganov, Behzod Shamsiyev, Dostonbek Tursunov, Humoyun Sherbo‘tayev, Richard Fraydey, Tohirjon Ashurbayev, Diyor Ramazonov,Sarvar Abduhamidov, Behruz Shukurullayev, Kamronbek Ergashev, 66.Behro‘z Shaydulov.