locale OZ

Superliga. OKMK safarda “Qo'qon-1912”dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. OKMK safarda “Qo'qon-1912”dan ustun keldi
FОТО: FC QO'QON-1912
O‘zbekiston Superligasi
10.05.2025, Yak.
Qo'qon-1912
1
ОКМК
3

O'zbekiston Superligasi 9-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” va OKMK o'rtasidagi bahs o'z yakuniga yetdi va unda olmaliqliklar kichik kambek amalga oshirib, g'alabani ilib ketdi.

Dastlab, 38-daqiqada Avazbek O'lmasaliyev o'z darvozasi gol urib qo'ydi (1:0). 73-daqiqada esa aybini yuvgan holda hisobni tenglashtirdi (1:1).

81-daqiqada Asadbek Sobirjonov OKMK'ni oldinga olib chiqqan bo'lsa (1:2), 87-daqiqada Sobirjonovning o'zi o'yinga yakuniy nuqta qo'ydi (3:1).

Shu tariqa, OKMK ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 22 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

O'zbekiston Superligasi | 9-tur

“Qo'qon-1912” 1:3 OKMK

Gollar: Avazbek O'lmasaliyev 38' avtogol (1:0), Avazbek O'lmasaliyev 73' (1:1), Asadbek Sobirjonov 81' (1:2), Asadbek Sobirjonov 87' (1:3).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting