locale OZ

“Qoʻqon-1912” — OKMK oʻzaro oʻyini uchun PREVYU

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 “Qoʻqon-1912”  — OKMK oʻzaro oʻyini uchun PREVYU
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
10.05.2025, Yak.
Qo'qon-1912
1
ОКМК
3

Superliganing 9-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – OKMK bahsi 10-may kuni Qo'qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 18 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning to‘rttasida futbolchilarimiz g‘alaba qozonishgan. O‘nta uchrashuvda olmaliqliklar qo‘li baland kelgan. To'rtta bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.

To‘plar nisbati 31-20 raqibimiz foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda jamoamiz 16 ochkoni qo‘lga kiritgan. OKMK hisobida esa 34 ochko mavjud.

Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi oltita uchrashuv:
09.09.2022. Qo‘qon-1912 - OKMK – 0:0
20.11.2021. Qo‘qon-1912 – OKMK – 2:2
26.10.2020. Qo‘qon-1912 – OKMK – 1:0
23.11.2019. Qo‘qon-1912 – OKMK – 1:3
03.10. 2018. Qo‘qon-1912 – OKMK – 1:2
18. 07. 2018. Qo‘qon-1912 – OKMK – 3:0

Uchrashuv hakamlari

"Qo'qon-1912" — OKMK
10.05.2025. 18:00
Bosh hakam: Asker Najafaliyev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Islom Azimov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Anvar Marajabov
Komissar: Shohruh Said


Boshlanish vaqtlari

Qo‘qon-1912 – OKMK uchrashuvi 10-may kuni soat 18:00da boshlanadi. O‘yin Qo'qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi bahs esa 11-may kuni Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida bo'lib o'tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting