OKMK o'z tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirdi
FOТО: FC OKMK
O‘zbekiston Superligasi
10.05.2025, Yak.
Qo'qon-1912
1
ОКМК
3
Olmaliqning OKMK klubi O'zbekiston chempionati doirasidagi eng yaxshi startni amalga oshirdi.
O'zbekiston Superligasining ortda qolgan 9 uchrashuvidan so'ng Mirjalol Qosimov shogirdlari jami 22 ochko jamg'ardi.
Bundan avvalgi eng yaxshi natija 2020-yilda qayd etilgan. O'shanda “konchilar” 21 ochko to'plashgan va yakunda bronza medallariga ega chiqishgandi.
Ma'lumot uchun, OKMK ayni dam Superliga turnir jadvalida 22 ochko bilan yakka karvonboshilik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi “Nasaf” hisobida esa 19 ochko mavjud.
Nasrullo Karimov
Jurnalist