locale OZ

Superliga. “Neftchi” “Mash'al” maydonidan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Neftchi” “Mash'al” maydonidan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytdi
ФОТО: FC NEFTCHI

O'zbekiston Superligasi 5-turidan o'rin olgan bahsda Farg'onaning “Neftchi” klubi “Mash'al” maydoniga safar qildi va yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 6-daqiqada Bilolxon Toshmirzayev tomonidan ochildi. Birinchi bo'lim so'nggida Jamshid Iskanderov tablodagi farqni ikkitaga yetkazdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Sardor Abduraimov mezbonlarning yagona javob to'piga mualliflik qildi. 58-daqiqada Yovan Jokich oradagi farqni yana ikkitaga yetkazib qo'ydi.

90-daqiqada esa Anvarjon G'ofurov uchrashuvga yakuniy nuqta qo'ydi. Shu tariqa, “Neftchi” bugungi g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 9 taga yetkazib olib, turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'zbekiston Superligasi | 5-tur

“Mash'al” 1:4 “Neftchi”

Gollar: Bilolxon Toshmirzayev 6' (0:1), Jamshid Iskanderov 43' (0:2), Sardor Abduraimov 45+3' (1:2), Yovan Jokich 58' (1:3), Anvarjon G'ofurov 90' (1:4).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting