Superliga. «Neftchi» Farg‘onada «Xorazm»ni yenga olmadi
Superliga. «Neftchi» Farg‘onada «Xorazm»ni yenga olmadi
Farg‘onadagi bellashuvdan so‘ng «Neftchi» 2-o‘rindagi «Paxtakor»dan uch ochkoga ilgarilab ketdi. «Sherlar» ushbu turda «Bunyodkor»ga qarshi bellashadi.
Superligada 23-tur uchrashuvlariga start berildi. «Neftchi» o‘z maydonida «Xorazm»ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
Dastlab 8-daqiqada Rafael Tavaresh hisobni ochdi. 25-daqiqada Stipe Peritsa muvozanatni tikladi. Tanaffus oldidan braziliyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi. 62-daqiqada Jamshid Iskanderov farg‘onaliklarning 2-goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Neftchi» 52 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Urganch klubi esa 22 ochko to‘plab, 14-pog‘onada bormoqda.
Superliga. 23-tur
Neftchi – Xorazm 2:2
Gollar: Rafael Tavaresh, 8 (0:1), Stipe Peritsa, 25 (1:1), Rafael Tavaresh 36 (1:2), Jamshid Iskanderov, 62 (2:2)
Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (34.Farruh Sayfiyev, 74), 7.Abror Ismoilov, 9.Xurshid G‘iyosov (8.Vladimir Yovovich, 46), 10.Jamshid Iskanderov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 18.Stipe Peritsa (32.Zoran Marushich, 74), 22.Alisher Odilov (11.Asilbek Jumayev, 74), 52.Koffi Kouao.
Xorazm: 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 9.Sardor Azimov, 10.Rafael Tavaresh, 13.Elzio Lohan (8.Nodir Abduxoliqov, 75), 15.Diyor Ortiqboyev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 88.Abror Xo‘sinov, 94.Rustamjon Abduhamidov (79.Aziz Axrorov, 68), 96.Rafael Sabino (6.Nurjahon Muzaffarov, 68).