locale OZ

Islom Ismoilov: «Agar chempion bo‘lishni xohlasak, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak»

«Neftchi» bosh murabbiyi «Xorazm»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Islom Ismoilov: «Agar chempion bo‘lishni xohlasak, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak»
photo: Neftchi FK
O‘zbekiston Superligasi
07.10.2026, Yak.
Neftchi Fargona
2
Xorazm
2

FIFA kunlaridan keyin Superligamiz yana davom ettirilmoqda. Bugun 23-tur kutilmagan sensatsiya bilan boshlandi.

«Neftchi» klubi o‘z maydonida «Xorazm» jamoasini qabul qildi va uchrashuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakun topdi. Chempionlik uchun kurashayotgan farg‘onaliklar juda qimmatli ochkolarni boy berdi.

Bellashuvdan so‘ng «Neftchi»ning ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- Bugun juda qimmatli ochkolarni yo‘qotdik. Albatta, bu hol bizni chuqur tashvishga soladi. Sababi, uyda har qanday jamoa bilan o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Agar chempion bo‘lishni xohlasak, har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak.

Birinchi taymda mavsum davomidagi himoyada eng yomon o‘yinimizni ko‘rsatdik. Tushunarsiz gollarni o‘tkazdik. Boshida to‘p o‘tkazib yubordik, hisobni tenglashtirdik, keyin yana oddiy vaziyatda gol olib chiqdik. Umuman, tushunarsiz o‘yin bo‘ldi.

Xatolarni ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Mavsum o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirdi. Biz oxirigacha kurashamiz. Bu kurashadigan jamoa va men futbolchilarga ishonaman. Ular Xudo xohlasa, o‘z oldilariga qo‘ygan vazifani uddalashadi. Harakat qilamiz, boshqa yo‘limiz ham yo‘q», - deya Ismoilovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting