Superliga. «Navbahor» «Dinamo»ni irodali tarzda mag‘lub etdi
Superliga. «Navbahor» «Dinamo»ni irodali tarzda mag‘lub etdi
Namanganliklar ikki bor ortda qolganiga qaramay, tanaffusgacha uchta gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. 2-bo‘limda esa muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi.
Superliganing 22-turidan o‘rin olgan bahsda «Navbahor» o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qildi. Namangandagi «Markaziy» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Dinamo» 7-daqiqada Aziz Amonovning goli evaziga hisobni ochdi. 21-daqiqada Shohruh Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi, biroq 25-daqiqada Jaloliddin Jumaboev samarqandliklarni yana oldinga olib chiqdi.
«Navbahor» 39-daqiqada Giorgi Jgerenayaning goli bilan yana muvozanatni tikladi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Shohrux Abdurahmonov dublini rasmiylashtirib, namanganliklarga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Ushbu bahsdan so‘ng «Navbahor» 44 ochko bilan 3-o‘rindagi mavqeini mustahkamladi. «Dinamo» esa 30 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.
Superliga. 22-tur
Navbahor — Dinamo 3:2
Gollar: Aziz Amonov 7, Shohrux Abdurahmonov 21, 41, Jaloliddin Jumaboev 25, Giorgi Jgerenaya 39.
Ogohlantirishlar: Giorgi Jgerenaya (18), Nurillo To‘xtasinov (19), Jaloliddin Jumaboev (26), O‘tkir Yusupov (44), Artyom Radayev (45+7), Muhammadqodir Hamraliyev (88).
Navbahor: O‘tkir Yusupov, Islom Mamatkazin, Shohrux Abdurahmonov, Ruslan Jiyanov (Aleks Fernandes, 69), Diyor Xolmatov, Benjamin Teydi (Asadbek Rahimjonov, 69), Umar Adhamzoda (Dilshodjon Komilov, 90+3), Vanya Ilich (Husayn Norchayev, 69), Jasurbek Jaloliddinov, Giorgi Jgerenaya, Muhammadqodir Hamraliyev.
Dinamo: Edem Nemanov, Artyom Radayev, Mixail Shtefan, Nurillo To‘xtasinov, Aziz Amonov (Abdug‘afur Haydarov, 60), Amadu Dumbuya, Raul Jeparov (Rasul Yo‘ldoshov, 46), Jaloliddin Jumaboev, Akbar Xudayberdiyev (Tigran Avanesyan, 60), Marko Stanoevich (Ulug‘bek Abdullayev, 78), Behruzbek Oblaqulov (Jahongirbek Abdusalomov, 46).a