locale OZ

O‘zFHM «Navbahor» - «Dinamo» bahsidagi holat bo‘yicha xulosasini e’lon qildi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvdagi bir nechta xatolar sababli bosh hakam ham, VAR va AVAR hakami ham past baho olgan.
O‘zFHM «Navbahor» - «Dinamo» bahsidagi holat bo‘yicha xulosasini e’lon qildi
photo: Dinamo fk
O‘zbekiston Superligasi
17.09.2026, Yak.
Navbahor Namangan
3
Dinamo Samarqand
2

O‘zFHM «Navbahor» - «Dinamo» bahsidagi holat bo‘yicha xulosasini e’lon qildi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvdagi bir nechta xatolar sababli bosh hakam ham, VAR va AVAR hakami ham past baho olgan.

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Dinamo» uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar Ekspert hakamlar guruhi tomonidan o‘rganib chiqildi.

«Uchrashuvning 25-daqiqasida «Dinamo» jamoasi tomonidan gol urilgan, biroq mazkur vaziyatda bosh hakam xatoga yo‘l qo‘ygan, chunki hech qanday qo‘pollik ishlatilmagan vaziyatda bosh hakam xatoga yo‘l qo‘yib, jarima zarbasi belgilagan va «Dinamo» aynan shu noto‘g‘ri belgilangan jarima zarbasidan so‘ng gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘yinning 30-daqiqasida «Navbahor» futbolchisi raqib jamoa o‘yinchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan va epizod davomida maydonda yotgan futbolchining oyog‘ini bosib o‘tgan. Bosh hakam mazkur holatni ko‘rmay, etiborsizlikka yo‘l qo‘ygan. O‘z navbatida, VAR hakami qo‘pollik ishlatilgan vaziyatni tekshirgan bo‘lsa-da, ehtimoliy qizil kartochkani ko‘rmagan va bosh hakamni monitor oldiga chaqirmasdan xatoga yo‘l qo‘ygan. Natijada uchrashuvdagi bir nechta xatolar sababli bosh hakam ham, VAR va AVAR hakami ham past baho olgan», - deyiladi xabarda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting