locale OZ

Superliga. «Dinamo» oʻz maydonida «Buxoro»ni yengib, 3-oʻringa koʻtarildi

Mehmonlar dastlab hisobda oldinga chiqib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Dinamo» oʻz maydonida «Buxoro»ni yengib, 3-oʻringa koʻtarildi
FOTO: FC Dinamo
O‘zbekiston Superligasi
18.10.2025, Yak.
Dinamo Samarqand
4
Buxoro
1

Oʻzbekiston Superligasi 25-turidan oʻrin olgan bahsda «Dinamo» oʻz maydonida «Buxoro»ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 21-daqiqada Toma Tabatadze tomonidan ochildi. 60-daqiqada Firdavs Abdurahmonov muvozanatni tikladi.

72-daqiqada Marko Stanoyevich samarqandliklarni oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Abdurahmonov dublga erishgan boʻlsa, 87-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.

Shu tariqa, «Dinamo» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 47 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 3-o'ringa koʻtarilib oldi. «Buxoro» esa 21 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.

Superliga. 25-tur

«Dinamo» — «Buxoro» 4:1

Gollar: Abdurahmonov (59, 76), Stanoyevich (72), Hojimirzayev (87) — Tabatadze (20).

Dinamo — Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Ratino, Sanjar Qodirqulov (Oybek O‘rmonjonov, 53), Anvar Hojimirzayev (Mirjahon Mirahmadov, 89), Richard Fraydey (Ulug‘bek Hoshimov, 53), Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboyev, Firdavs Abdurahmonov (Xislat Xalilov, 88), Dmitriy Pletnyov (Marko Stanoyevich, 53), Mahmud Mahamadjonov.

Buxoro — Shirinboy Abdullayev, Izzatillo Po‘latov, Sardor Qulmatov, Azizbek Amonov (Shahboz Jo‘rabekov, 66), Javohir Ro‘ziyev, Toma Tabatadze, Frane Chiryak, Muhammad Yo‘ldoshev, Yosip Tomashevich, Dominik Begich, Marko Kolakovich.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting