locale OZ

Superliga. «Buxoro» «Neftchi» ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi

«Buxoro» ochkolari sonini 33 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi.
Superliga. «Buxoro» «Neftchi» ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi
photo: Neftchi FK
O‘zbekiston Superligasi
18.08.2026, Yak.
Buxoro
4
Neftchi Fargona
1

Superliga 18-turida «Buxoro» o‘z maydonida «Neftchi»ni qabul qildi. Bellashuv 4:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Bellashuvda Sherzod Esanov dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Temur Mamasadiqov va Vladimir Rodich buxoroliklarning qolgan ikki goliga mualliflik qilishdi. Mehmonlar safida Nurmuhammad Abdug‘aniyev yagona golni urdi.

Shu tariqa, «Buxoro» ochkolari sonini 33 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Neftchi» esa 42 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Superliga. 18-tur
Buxoro – Neftchi 4:1
Gollar: Sherzod Esanov, 37 penalti (1:0), Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 45+3 (1:1), Sherzod Esanov, 46 (2:1), Temur Mamasidiqov, 73 (3:1), Vladimir Rodich, 90+2 (4:1)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting