locale OZ

Sergey Tokov: «G‘alabaga loyiq edik»

"Xorazm" bosh murabbiyi jamoasi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
Sergey Tokov: «G‘alabaga loyiq edik»
Фото: Хоразм ПФК
O‘zbekiston Superligasi
07.08.2026, Yak.
Xorazm
2
Mashal
0

Superliganing 16-turi doirasida "Xorazm" – "Mash’al" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Tokov o‘z fikrlarini bildirdi.

- Albatta, o‘yin og‘ir o‘tdi. Ayrim joylarda asabiylashdik. O‘z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynadik va vazifani uddaladik. G‘alabaga loyiq edik, yana gollar urishimiz mumkin edi. O‘yin boshida raqibda vaziyat bo‘lgandi. Viloyatni g‘alaba bilan tabriklayman, muxlislarga rahmat aytaman, ular bizni yaxshi qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu yoqimli holat.

- Keyingi o‘yinga rejalaringiz qanday?

- Bu bahsga Toshkentda tayyorlansak kerak. Chunki "Dinamo" tabiiy maydonda o‘ynaydi va shu sababli biz ham shunday maydonda tayyorlanishimiz kerak. Raqibning o‘yin uslubini o‘rganib chiqamiz. Tarkib deyarli yangilandi, yangi legionerlar olindi. Bugun jamoa "Lokomotiv"ga yutqazgan bo‘lsa-da, bunga qadar 4 ta o‘yinda yaxshi natijalar ko‘rsatdi. Ochko olish uchun o‘sha yerga boramiz va buning uchun harakat qilib ko‘ramiz. Birinchi davrada bu raqibni mag‘lub qilgandik. Endi esa ulardan ochko olishga intilamiz.

- Aleksandr Ezhov qaytibdi. Uning sog‘ligi qanday?

- Barchasi yaxshi. Qaysidir o‘yinda gol urganimizdan keyin futbolchimiz uni qattiqroq tabriklab yuborgan. Endi hammasi joyida, yomoni o‘tib ketdi. Uning yanada to‘liq sog‘ayishini kutib qolamiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting