locale OZ

Saudiya Proligasi. «An Nasr» o‘z maydonida «Ad Diriya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bellashuvda Ronaldu faoliyatidagi 980-golini urdi. Portugaliyalik 41 yoshli futbolchi 1000lik dovon sari yana bir qadam tashladi.
Saudiya Proligasi. «An Nasr» o‘z maydonida «Ad Diriya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
photo: gettyimages
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
09.10.2026, Yak.
Al Nassr
3
Al Diriyah
0

Saudiya Proligasi. «An Nasr» o‘z maydonida «Ad Diriya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bellashuvda Ronaldu faoliyatidagi 980-golini urdi. Portugaliyalik 41 yoshli futbolchi 1000lik dovon sari yana bir qadam tashladi.

Saudiya Proligasi 9-turida «An Nasr» klubi o‘z maydonida «Ad Diriya»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda dastlab 23-daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Bu uning faoliyatidagi 980-golga aylandi. 35-daqiqada Samu Koshta ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. 77-daqiqada Kingsli Koman yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng Riyod klubi turnir jadvalida 19 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Ad Diriya» esa 11 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda.

Saudiya Proligasi. 9-tur
An Nasr – Ad Diriya 3:0
Gollar:
Ronaldu 23, Koshta 35, Koman 77
An Nasr: Bento, Al Bushal, Simakan, Inigo Martines, Aman (Nosir, 84), Al Haybari, Samu Koshta, Koman (Yahyo, 78), Mane, Feliks (Al Hamdan, 78), Ronaldu.
Ad Diriya – Volid Abdulla, Huseyn (Muhammad Xeban, 68), Al Faraj, Jimsiti, Lajami, Mbemba, Bulbina (Al Qohtani, 84), Idrissa Guye, Enso Miyo, Oskar Rodriges (Vadi, 83), Darvin Nunes

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting