locale OZ

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelmagani sababi ma’lum bo‘ldi

Portugaliyalik yulduzning O‘zbekistonga kelmasligiga jamoaning tig‘iz o‘yinlar taqvimi sabab bo‘lgan.
Futbol
Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelmagani sababi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi Osiyo Chempionlar ligasi doirasida “Paxtakor”ga qarshi uchrashuv uchun Toshkentga Krishtianu Ronaldusiz tashrif buyurdi. Portugaliyalik yulduzning O‘zbekistonga kelmasligiga jamoaning tig‘iz o‘yinlar taqvimi sabab bo‘lgan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Al-Nasr” bosh murabbiyi Anje Postekoglu matbuot anjumanida ayrim yetakchi futbolchilarga dam berishga qaror qilganini ma’lum qilgan. Avstraliyalik mutaxassis ketma-ket uchrashuvlar va uzoq safarlar futbolchilarning jismoniy holatiga ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.

Ronaldu bilan bir qatorda Kingsli Koman va Muhammad Simakan ham Toshkentga kelmagan. Postekoglu bu qaror “Paxtakor”ni mensimaslik bilan bog‘liq emasligini bildirib, O‘zbekiston klubini jiddiy raqib sifatida baholagan.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” va “Al-Nasr” o‘rtasidagi uchrashuv 2-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilishi belgilangan. Saudiya Arabistoni klubi mazkur bahs oldidan Osiyo Chempionlar ligasining G‘arb mintaqasi jadvalida uch ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting