O'zbekistondan keyin Iordaniya ham ilk bor jahon chempionatiga yo'llanma oldi
Rasm: gettyimages.com
Iordaniya milliy terma jamoasi tarixda birinchi marta jahon chempionati final bosqichiga chiqdi. Jamoa safarda Ummonni 3:0 hisobida mag'lub etdi va bir tur qolganida 16 ochko to'plab, guruhdagi asosiy raqib — Iroq uchun yetib bo'lmas natijaga erishdi. Iroq terma jamoasi esa o'z maydonida Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazdi. Qizil kartochka olish oqibatida maydon egalari uchrashuvning katta qismini kam sonli tarkibda o'tkazishga majbur bo'lishdi.
Janubiy Koreya 19 ochko bilan “B” guruhida peshqadamlikni saqlab qolmoqda va 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishni avvalroq ta'minlagan.
Iordaniya terma jamoasi uchun bu yo'llanma — tarixdagi ilk bor mundialda ishtirok etish imkonidir.
Bakradze Iman
Redaktor