locale OZ

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda jamoamiz o‘z maydonida «Dinamo» (Samarqand)ni qabul qiladi

Mazkur klublarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu jamoalar 55 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan.
O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda jamoamiz o‘z maydonida «Dinamo» (Samarqand)ni qabul qiladi
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
17.09.2026, 09.00
Navbahor Namangan
-
Dinamo Samarqand
-

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda jamoamiz o‘z maydonida “Dinamo” (Samarqand)ni qabul qiladi.
Mazkur klublarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu jamoalar 55 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan.
Mazkur bahslarda namanganliklar 31, “ko‘hna shaharliklar” esa 13 marta zafar quchishgan bo‘lsa, 11 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 96-47, “Navbahor” foydasiga.
O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 104, “arslonlar” esa 50 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng yirik hisob 1996 va 1997 yillari Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda “Navbahor” “Dinamo” ustidan tegishlicha 6:0 hamda 7:1 hisoblarida zafar quchgan.
E’tiborlisi, samarqandliklar shu paytgacha namanganliklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan.
Mazkur jamoalar shu kungacha Namanganda o‘zaro 27 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Ushbu o‘yinlardan 20 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 7 ta bahsda durang qayd etilgan.
Fakt: “Dinamo” hali Namanganda zafar qucha olmagan. Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘plar nisbati - 59-11, jamoamiz foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Dinamo” o‘yini 17 sentyabr kuni soat 18:00 start oladi.
Bo‘lajak bahsda jamoamizga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting