«Nottingem Forest» APLda ketma-ket ikkinchi bor o‘z maydonida g‘alaba qozondi
Angliya Premyer-ligasining 12-turi «Nottingem Forest»ning «Chelsi» ustidan qozongan g‘alabasi bilan boshlandi. Ma’lum bo‘lishicha, bu «o‘rmonchilar»ning APLda o‘z maydonida ketma-ket ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi.
Bundan avvalgi uy uchrashuvida ham «Nottingem Forest» kuchli raqib — «Manchester Siti»ni mag‘lub etgan va o‘sha bahsda ham raqib darvozasiga uchta to‘p kiritgan edi.
Qayd etish joizki, «Nottingem Forest» APLda o‘z maydonida ketma-ket ikki marta g‘alaba qozonishga so‘nggi bor 2025-yil aprel oyida erishgan edi. O‘shanda klub Manchesterning har ikki jamoasi — «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti»ni o‘z maydonida ketma-ket mag‘lub etgandi.
O‘sha mavsum yakunida «Nottingem Forest» Premyer-liga turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallagan edi.