locale OZ

«Liverpul» Hollga qiziqish bildirmoqda

Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Futbol
«Liverpul» Lewis Hallga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Nyukasl»ning chap qanot himoyachisi Luis Hall «Liverpul» klubining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar 22 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Holl Milosh Kerkezning ishonchsiz o‘yinlari fonida klubning transfer maqsadlaridan biriga aylangan. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» ham himoyachiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.

Biroq «Nyukasl» qishki transfer oynasida Hallni sotish niyatida emas. «Qarg‘alar» ehtimoliy xaridorlarni cho‘chitish maqsadida futbolchiga 80 million yevro narx belgilagan. Shunga qaramay, uning transferi kelasi yozda amalga oshishi mumkinligi istisno etilmayapti.

Holl joriy mavsumda barcha musobaqalarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting