Alonso «Chelsi»dagi ilk 15 ta o‘yinida 6 marta mag‘lubiyatga uchradi
Alonso shogirdlari barcha musobaqalardagi so‘nggi 6 ta bahsning 5 tasida mag‘lub bo‘ldi.
Futbol
Фото: Getty Images
“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso London klubi boshqaruvida barcha musobaqalar doirasida o‘tkazgan dastlabki 15 ta uchrashuvida 6 marta mag‘lubiyatga uchradi.
Ispaniyalik mutaxassis Madridning “Real” klubidagi faoliyati davomida 34 ta bahsda shuncha mag‘lubiyat qayd etgandi.
“Chelsi” APLning 12-turida “Nottingem Forest”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu Alonso uchun Angliya chempionatining ushbu mavsumidagi oltinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Londonliklar APL doirasida o‘tkazilgan 12 ta uchrashuvda 5 bor g‘alaba qozonib, bir marta durang o‘ynadi va 6 bor mag‘lubiyatga uchradi.
Qayd etish lozim, Alonso shogirdlari barcha musobaqalardagi so‘nggi 6 ta bahsning 5 tasida mag‘lub bo‘ldi.