MLS. «Inter Mayami» turnirni tark etdi
Messi birorta ham gol ura olmadi.
Futbol
Фото: Getty Images
MLS pley-off bosqichidagi «Kolambus» va «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.
Mezbonlar ushbu uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida Lionel Messi to‘liq o‘yin o‘tkazdi, ammo gol ham urmadi, assist ham qayd etmadi.
Qayd etish joiz, jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuvda «Kolambus» 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgandi. Shu tariqa, «Inter Mayami» pley-offning ilk bosqichidayoq musobaqani tark etdi.
MLS, pley-off bosqichi.
Kolambus — Inter Mayami 1:0
Gol: Rodriges 90+2.