locale OZ

Mbappe «Lill» bilan shartnomasini uzaytirdi

Shu tariqa, yosh futbolchi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.
Futbol
Mbappe «Lill» bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Getty Images

Fransiyaning «Lill» klubi jamoa vingeri Etan Mbappe bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirilganini rasman e’lon qildi.

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening ukasi hisoblangan 19 yoshli fransiyalik futbolchi bilan imzolangan yangi kelishuv 2029 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi. Shu tariqa, yosh futbolchi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

Ma’lumot o‘rnida, kichik Mbappe ushbu mavsumda Liga 1 doirasidagi 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

Eslatib o‘tamiz, Etan ham akasi singari «PSJ» safida to‘p tepgan. U 2024 yilning yozida Parij klubini erkin agent sifatida tark etib, «Lill» safiga kelib qo‘shilgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting