locale OZ

«Milan» Endrik uchun 70 million yevro taklif qilishga tayyor

Bu haqda El Partidazo de COPE nashri xabar bermoqda.
Futbol
«Milan» Endrik uchun 70 million yevro taklif qilishga tayyor
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida jamoani tark etishiga ruxsat olishi mumkin. Bu haqda El Partidazo de COPE nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyaning «Milan» klubi braziliyalik futbolchi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Endrikni jamoada olib qolishni istamayapti.

O‘z navbatida, «Real» rahbariyati 20 yoshli hujumchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida jamoani tark etishni o‘zi xohlasa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, transferning ikki varianti ko‘rib chiqilmoqda: futbolchini ijaraga berish yoki qaytarib sotib olish bandini kiritgan holda to‘liq transferni amalga oshirish.

Endrik joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting