locale OZ

Dunyoning ayni paytdagi eng kuchli 10 ta klubi ma’lum bo‘ldi

Kuchli o‘nlikning yarmini Angliya Premyer-ligasi vakillari tashkil etmoqda.
Futbol
Dunyoning ayni paytdagi eng kuchli 10 ta klubi ma’lum bo‘ldi
Фото: Getty Images

Opta statistik portali talqiniga ko‘ra, dunyoning eng kuchli futbol klublari reytingida "Arsenal" peshqadamlikni saqlab qolgan.

Myunxenning "Bavariya" klubi ikkinchi o‘rinda qolayotgan bo‘lsa, "Barselona" "PSJ"ni ortda qoldirib, kuchli uchlikka ko‘tarilgan.

Madridning "Real" klubi beshinchi pog‘onaga yuqorilagan. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan "Manchester Siti" esa oltinchi o‘ringa tushgan.

Opta talqini bo‘yicha dunyoning eng kuchli 10 ta klubi:

"Arsenal" (Angliya)
"Bavariya" (Germaniya)
"Barselona" (Ispaniya)
"PSJ" (Fransiya)
"Real" (Ispaniya)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Liverpul" (Angliya)
"Brayton" (Angliya)
"Inter" (Italiya)
"Bornmut" (Angliya)

E’tiborlisi, kuchli o‘nlikning yarmini Angliya Premyer-ligasi vakillari tashkil etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting