locale OZ

Alonso: «Biz bundan yaxshiroq o‘ynay olamiz»

«Chelsi» 12 ta uchrashuvda jamg‘argan 16 ochkosi bilan APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Alonso: «Biz bundan yaxshiroq o‘ynay olamiz»
Фото: Getty Images

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premyer-ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi 12-turidan o‘rin olgan «Nottingem Forest»ga qarshi uchrashuvdagi (2:3) mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

«Albatta, biz bundan yaxshiroq o‘ynay olamiz. Bunday darajada natijaga erishish va o‘z darvozangizdan bu qadar ko‘p gol o‘tkazib yubormaslik kerak. Mag‘lubiyatlarimizga aynan shu sabab bo‘lmoqda.

Men futbolni faqat shu tarzda tushunaman. Biror narsa o‘xshamasa, ishlashda davom etish va yechim izlash kerak. Hozir ishlarimiz omadsiz kechayotgani kabi, vaziyat o‘zgarishi va omad biz tomonga yuz burishi ham mumkin», — deya Alonso so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

«Chelsi» 12 ta uchrashuvda jamg‘argan 16 ochkosi bilan APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. «Nottingem Forest» esa ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 14-pog‘onaga ko‘tarildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting