locale OZ

«MYU» direktori: «Pochettino bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlaymiz»

Argentinalik mutaxassis «qizil ibislar»dagi debyutini 22 noyabr kuni «Liverpul»ga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda. U jamoa bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim imzolagan.
Futbol
«MYU» direktori: «Pochettino bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlaymiz»
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
22.11.2026, 11.30
Liverpul
-
Manchester Yunayted
-

«Manchester Yunayted» bosh direktori Omar Berrada jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning dastlabki ish kunlari haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Maurisio – juda energik inson. U bilan birga ishlayotganimizga ikki kun bo‘ldi va buni allaqachon ko‘ryapmiz. Yangi murabbiylar shtabi kelganidan keyin jamoa jonlandi. Pochettinoning futbol falsafasi juda aniq, u jamoa qanday o‘ynashini istashini yaxshi biladi. Ishonamanki, Maurisio ham biz kabi ambitsiyalarga ega, biz esa sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlaymiz», — dedi Berrada Sky Sports nashriga.

Ma’lumot uchun, Pochettino «qizil iblislar» bosh murabbiyi sifatida 22 noyabr kuni «Liverpul»ga qarshi bahsda debyut qilishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting