Liga 1. «PSJ» «Nitssa» ustidan g‘alaba qozonib, yetakchiligini mustahkamladi
Fransiya chempionatining 11-turida peshqadam «PSJ» safarda «Nitssa» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Parijliklar vingeri Due jiddiy jarohat olib, katta ehtimol bilan mavsum oxirigacha safdan chiqdi.
Enrike jamoasi ochkolarini 26 taga yetkazib, yetakchiligini mustahkamladi. «Nitssa» 17 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.
Liga 1. 11-tur
Nitssa — PSJ 2:3
21 noyabr, «Alyans Rivera»
Gollar: Amura (8), Abdi (90+5) — Mayulu (31, penalti), Due (32), Torres (85).
Nitssa — Diuf, Seydu, Ndiashimiye, Manza (Abdi, 66), Kloss, Vitsel (Kulibali, 78), Budaui, Nkunku, Diop (Sanson, 62), Amura (Eyn, 67), Vai (Ngumu, 78).
PSJ — Safonov, Hakimi, Zabarniy, Ernandes (Markinos, 79), Mendesh (Pacho, 61), Zair-Emeri, Nevesh, Ruis, Akliush (Godts, 62), Due (Torres, 44), Mayulu (Dembele, 62).
Ogohlantirishlar: Budaui (54), Seydu (75).