Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyaga 5 ta gol urib, guruhni 1-o‘rinda yakunladi
Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasining guruh bosqichini Niderlandiya ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi.
A ligasi 2-guruhining so‘nggi, 6-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Berlindagi "Olimpiastadion"da bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar raqib darvozasiga beshta javobsiz gol urib, 5:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab 41-daqiqada esa Germaniya sardori Joshua Kimmichning golli uzatmasidan keyin Derry Scherhant to‘pni darvozaga yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Tanaffusdan keyin nemislar ustunlikni yanada mustahkamladi. 60-daqiqada Florian Wirtz hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Oradan besh daqiqa o‘tib, zaxiradan maydonga tushgan Brajan Grudaning uzatmasini Nico Schlotterbeck golga aylantirdi.
71-daqiqada Gruda yana assist qayd etdi. Bu safar uning uzatmasidan Wirtz unumli foydalanib, o‘yindagi ikkinchi golini urdi.
78-daqiqada esa Brajan Grudaning o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:0.
Mazkur natijadan keyin Germaniya 11 ochko bilan 2-guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Niderlandiya va Gretsiya ham 11 ochkodan to‘pladi, ammo mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onalarda qoldi.
Millatlar ligasi. A ligasi, 2-guruh, 6-tur.
Germaniya — Niderlandiya — 5:0
Gollar: Derry Scherhant (41), Florian Wirtz (60, 71), Nico Schlotterbeck (65), Brajan Gruda (78).