locale OZ

Hind shaxmatchisi o‘z vatandoshiga emas, Javohir Sindarovga 80% imkoniyat berdi

Javob bergan 13 nafar shaxmatchidan 7 tasi Sindarovni ustun qo‘ydi, 5 tasi imkoniyatlarni 50-50 deb baholadi va faqat 1 tasi Gukesh tomonini tanladi.
Boshqa sport turlari
Hind shaxmatchisi o‘z vatandoshiga emas, Javohir Sindarovga 80% imkoniyat berdi
photo: gettyimages

Hind shaxmatchisi o‘z vatandoshiga emas, Javohir Sindarovga 80% imkoniyat berdi.

FIDE jahon toji uchun match oldidan 14 nafar top shaxmatchiga bitta savol bilan murojaat qildi: "Gukesh — Sindarov matchida g‘alaba imkoniyatlarini foizlarda qanday taqsimlaysiz?"

Javob bergan 13 nafar shaxmatchidan 7 tasi Sindarovni ustun qo‘ydi, 5 tasi imkoniyatlarni 50-50 deb baholadi va faqat 1 tasi Gukesh tomonini tanladi.

Sindarovni favorit deb bilganlar:

Arjun Erigaisi: 80–20 — Eng yirik farq! Gukeshning o‘z vatandoshi Olimpiadadan keyingi sport formasiga qarab Sindarovga 80% imkoniyat berdi.

Yan Nepomnyashchiy: 65–35 — Ikki karra jahon chempionligi matchi ishtirokchisi imkoniyatlarni 2 ga 1 nisbatda Sindarov foydasiga baholadi.

Levon Aronyan: 60–40 — Sindarov foydasiga.

Fabiano Karuana: Dastlab 60–40, so‘ng ehtiyotkorroq taxmin sifatida 55–45 — Sindarov foydasiga.

Yan-Kshishtof Duda: 55–45 (yoki 60–40) — Sindarovga ustunlik berdi, ammo match ko‘pchilik o‘ylaganidan ancha murakkab kechișini aytdi.

Bibisara Assaubayeva: 50.1–49.9 — Kichik ustunlik bilan Sindarov tomonida.

Alireza Firuzja: Aniq foiz aytmadi, biroq Sindarovni favorit deb atadi.

50–50 (Teng imkoniyat) deganlar:

Hans Niyemann: 50–50 — "Yoki unday bo‘ladi, yoki bunday, demak 50-50" deya hazil qildi.

Praggnanandhaa R: Taxminan 50–50 ga yaqin.

Maksim Vashe-Lagrav: Hozirgi holatda 50–50.

Yorden van Foreest: 50–50 dan yaxshiroq taxmin aytolmasligini bildirdi.

Hayk Martirosyan: 50–50, lekin hammasi Gukeshning eng yaxshi formasida kelishiga bog‘liq ekanini qo‘shimcha qildi.

Gukeshni ustun qo‘ygan yagona shaxmatchi:

Vaishali Rameshbabu: 51–49 — Praggnanandhaaning opasi Gukeshga muxlislik qilishini ochiq aytib, unga 1 foiz ustunlik berdi.

Foiz aytmagan yagona ishtirakchi:

Vinsent Keymer: Sindarov o‘tgan yilgi Jahon kubogidan beri ajoyib natijalar ko‘rsatayotganini, Gukesh esa bir qator turnirlarda qiynalganini, ammo juda keskin match kutayotganini aytdi.

Siz qanday hisoblaysiz, izohlarda o‘z taxminingizni yozib qoldiring.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting